Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!
Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 13 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora – tadbirlari to‘g‘risida” PF-5413 farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yilning 15 yanvarigacha mamlakatimizda "Vatanparvarlik oyligi" deb e’lon qilindi. SHu munosabat bilan Samarqand davlat arxitektura- qurilish institutida 2018 yil 21 dekabr kuni Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi 13060-harbiy qism xizmatchilari hamda harbiy orkestr ishtirokida "Vatan - muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!" shiori ostida, “Milliy armiyamiz yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri katta leytenant Boburmirzo Soliev kirish qismi bilan ochib berib, yoshlar va fuqarolarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish, yoshlar orasida mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish bo‘yicha yuksak burch tuyg‘usini shakllantirish borasidagi ishlar haqida hamda milliy armiyamizning xalqaro musobaqalarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’ruza qildi. SHundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbat berilib harbiy orkestr salistlari Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etishdi.