21 OKTABR — O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

 

Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida bugun O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Davlat va jamoat tashkilotlari Mir Alisher Navoiy bobomizning haykali yoniga  erta tongdan yig‘ildilar.
Tadbirda Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda Zarafshon gazetasi muharriri Farmon Toshev o‘zbek tilining tarixi haqida nutq so‘zlab, yig‘ilganlarga qisqacha ma’lumot berdilar.
Yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlaridan so‘ng, Samarqand viloyat va shahar hokimligi, Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan Alisher Navoiy bobomiz haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.