Yevropa Ittifoqidagi TEMPUS-HIGHVEC 544061-TEMPUS-1-UK-TEMPUS-JPCR “Avtomagistrallar qurilishi va transport mashinasozligi bo’yicha o’quv dasturlarini ishlab chiqish” mavzusidagi grant loyihasi dasturi doirasida seminar-trening

 

     Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2017 yil 21 iyun kuni Yevropa Ittifoqidagi  TEMPUS-HIGHVEC 544061-TEMPUS-1-UK-TEMPUS-JPCR “Avtomagistrallar qurilishi va transport mashinasozligi bo’yicha o’quv dasturlarini ishlab chiqish” mavzusidagi grant loyihasi dasturi doirasida seminar-trening bo’lib o’tdi. Mazkur seminar-treningda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetidan Dr. Oluremi Olatunbosun, Mr. Alejandro Pasqualini va Mr. Wanyu Wang, Portugaliyaning Kastelo Branko politexnika institutidan Dr. Dinis Gardete, Dr. Francisco Lucas, Dr. Ana Teresa va Dr. Jose Carlos, Ruminiyaning Buxarest politexnika universitetidan Dr. Gabriel-Cornel, Dr. Alexandra-Raluca, Dr. Cristain Nicolae va Dr. Lordan-Florin, Ispaniyaning Karlos III nomidagi Madrid Universitetidan Dr. Beatriz Lopez va Dr. Alejandro Quesada hamda O’zbekistondagi mazkur grant dasturining milliy koordinatorlaridan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutidan dotsent Madatov Abdirahim, Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatasiyasi instituti katta o’qituvchisi Yunusov Abduvoxid, Jizzax politexnika instituti dotsenti Usmanov Salahiddin, Nukus davlat universiteti katta o’qituvchisi Paluanov Bahitbaylar ishtirok etdi.
     Kutarinki ruxda bo’lib o’tgan seminarda institut professor-o’qituvchilari va talabalari bilan xorijlik mehmonlar o’rtasida savol-javoblar va qiziqarli davra so’hbatlari olib borildi. Xorijlik seminar asoschilari tomonidan  professor-o’qituvchilar va talabalarimizga guruxlarga bo’lingan holda ma’ruzalar tashkil qilinib, mazkur grant loyihasi dasturi doirasida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
   Xorijiy hamkorlarimiz ishtirokida institutning “GEOTEXNIKA” muammoviy ilmiy tadqiqot  laboratoriyasida, O’zbekistonda suv resurslarini barqaror boshqarish milliy markazida hamda KNAUF maslahat markazida seminar treninglar o’tkazilib, kelajakda o’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi. Xorijiy hamkorlarimiz tashrif buyurilgan labaratoriyalardan va markazlardan  o’zlarida katta ta’surotlar uyg’onganligini ma’lum qilishdilar.