Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mahorat darsi va seminar-trening

Joriy yilning 21 aprel kuni SamDAQI “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari T.F.Kushmanov, B.A.Saidova, D.Z.Kamalova, Ch.O.Meliyeva, D.G‘.Islamova, O.A.Eshmurodov, D.M.Mirzayev, E.E.Jo‘rayevalar Samarqand viloyati Samarqand tumani Ravonak qurilish kasb hunar kollejida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mahorat darsi va seminar-trening o‘tkazishdi.
Ushbu uchrashuv kollej talabalari va o‘qituvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bahs-munozara davomida berilgan savollarga SamDAQI “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan qoniqarli javoblar berildi.