“YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARINING TARQALISHIGA QARSHI KURASH”


2019 yil 20 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi T.Egamov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi yetakchi eksperti S.Jumanova, Viloyat narkologiya dispanser vrach narkologi G‘.Jumayev, Viloyat narkologiya dispanser vrach narkologi A.Bozorov, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Salomatlik markazi” vrachi N.Sultonova va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti psixologi S.Otayorov tomonidan talaba-yoshlarga Giyohvandlik” tushunchasi, uni keltirib chiqaruvchi sabablar va hozirgi kunda bu kabi salbiy illatni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi.