SAMARQAND SHAHRI KUNI QANDAY NISHONLANDI?

 

1997 yildan buyon Samarqand shahri dunyo miqiyosidagi yirik san’at anjumani “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga mezbonlik qilib keladi.
Har yili 18-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Samarqand shahri kuni bu yil yigirma birinchi marta nishonlandi.
Ushbu bayramning tashabbuskori O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bo‘lgan. 21 yil oldin mana shu kuni shaharga Amir Temur ordeni topshirildi. Shundan buyon har yili bu sana keng nishonlab kelinmoqda.
18 oktabr — erta tongdan Samarqand shahri kuni munosabati bilan Registon maydoni yonidan bayram tantanalari start oldi.
Oldiniga avtomobillarning bayromona namoyishi, so‘ng yoshlar ishtirokida marafon bo‘lib o‘tdi. Ota bobolarimiz hamda bir guruh ziyolilar bilan birgalikda azim va navqiron shahrimiz uchun  qo‘llar duoga ochilib duo qilindi.
Tongi tantanalardan so‘ng Samarqand shahrida o‘z zamonasinig adolatli hukmdori bo‘lmish Amir Temur bobomizning haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati va shahar hokimligi, Davlat va jamoat tashkilotlari hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi tomonidan gulchambarlar qo‘yildi va hurmat bajo keltirildi.