“YOSHLAR VATAN XIZMATIDA ROSTGO‘YLIK VA QONUNLARNI HURMAT QILISH TARAFDORI” MAVZUSIDAGI IJODIY ISHLAR TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI

 

Mazkur tanlovning viloyat bosqichini o‘tkazish yuzasidan viloyat hokimligining 18.10.2019 yildagi 07-07/1746-sonli chora-tadbirlar rejasiga asosan Nizom talablaridan kelib chiqib “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha 21 oktabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra:
“Eng yaxshi plakat” nominatsiyasida:
Tavbayeva Nurxon (SamDU talabasi) birinchi o‘rinni, Kushayev Murodjon (SamDU talabasi) ikkinchi o‘rinni, Sobirova Malohat (SamDU talabasi) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Eng yaxshi surat” nominatsiyasida:
Obloqulova Xilola (SamDAQI talabasi) birinchi o‘rinni, Abdusalomova Sevara (SamDAQI talabasi) ikkinchi o‘rinni, Jo‘raqulova Shoxsanam (SamDAQI talabasi) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Eng yaxshi bayon” nominatsiyasi:
Axtamova Aziza (SamVMI talabasi) birinchi o‘rinni, Ro‘ziyeva Dilnoza (SamDU talabasi) ikkinchi o‘rinni, Namozova Madina (ToshDIU Samarqand filiali talabasi) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom, faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari yakuniy Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.