SAMARQAND SHAHRI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM SAYLI TASHKIL ETILDI

 

Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tgach, bayram ishtirokchilari Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram sayli tomon yo‘l olishdi.
Unda Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib SamDAQI professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirib o‘zining fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Institut faol talabalari tomonidan milliy raqs va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.