“Hayotdagi motivatsiyalarimizni to’g’ri yo’lga qo‘yish” mavzusida seminar-trening
2019 yil 21 yanvar kuni arxetiktura fakulteti 1 kurs talabalariga institut psixologi S.Otayorov tomonidan talaba-yoshlarning o’quv motivlarni oshirish va yoshlar orasida uchrab turadigan noxush o’zgarshlarni psixokorreksiyalash maqsadida “Hayotdagi motivatsiyalarimizni to’g’ri yo’lga qo‘yish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.Seminar-treningda har bir inson hayotda o‘z oldiga qo’ygan maqsadi, orzulariga erishishi uchun kerak bo‘ladigan motivlarni to’g’ri tanlay bilishi, kundalik faoliyatini ham ushbu motivatsiya (ehtiyojlar to’plami)dan kelib chiqib tashkillashtirishi va ular asosida o’z maqsadiga erishishi mumkinligi haqidagi fikrlar ta’kidlandi.Seminar-trening qizg’in bahs-munozaralarga boy tarzda o’tdi.