SIRTQI TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARI BILAN UCHRASHUV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi PQ-3153-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomiga asosan 2018-2019 o‘quv yilida institutga 235 nafar talabalar sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan.
Sirtqi ta’lim yo‘nalishlari talabalariga o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishi munosabati bilan 2019 yilning 22 yanvar kuni mazkur ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar bilan institut rektori S.I.Axmedovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institut rektori talabalarga institut ichki tartib-qoidalari, o‘quv jarayoni, institut ma’muriyati, talabalar turar joyi sharoitlari bilan tanishtirdi. Shuningdek, ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijrosini ta’minlashda birlashib faoliyat yuritish, ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yo’lga qo’yish, korrupsiyani oldini olish, “Odob-axloq qoidalari”ga rioya qilish talabalarimizning eng muhim vazifalari ekanligini tushuntirib o’tdi.Muloqot vaqtida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar.