SHARQ QIZLARI ODOBI
Samarqand davlat arixitektura-qurilish institutning kichik faolllar zalida “Qurilishni boshqarish” fakultetining talaba-qizlari bilan “Sharq qizlari odobi ” fakultativ kursi o‘quv dasturi asosida ”Oila mustaxkamligini ta’minlashda qiz bola tarbiyasining o‘rni. Qizlarda milliy, umuminsoniy, axloqiy, estetik qadriyatlarni shakllantirishning usul va vositalari” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.
Ma’ruzachi Y.Suyunova tomonidan quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar berildi:
O‘zbekistonda oila institutiga e’tibor;
“Oila - muqaddas qo‘rg‘on” konsepsiyasi. Oila uch muhim xususiyat: nikoh va zurriyot; o‘z mol-mulkiga ega bo‘lish; farzand tarbiyasini o‘z ichiga olishga asoslanishi;
O‘zbek qizlarining axloqiy va estetik tarbiyasi.
Qadimdan farzand tarbiyasi, ayniqsa, qiz bolaning kamoli, istiqboli haqidagi fikrlar. Qiz bolani har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, unga hamisha g‘amxo‘rlik qilish yuksak oqibat va xayrli ish ekanligi;
Bugungi kundagi qizlar o‘rtasi uchrab turadigan illatlarni yo‘qotish lozimligi kabi masalalar yoritib berildi.
Xotin-qizlar SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova professor-o‘qituvchilar va talaba-qizlarga “Sharqona odob-ahloq” tushunchasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi hamda hozirgi kunda bizga yot begona bo‘lgan Yevropa “Ommaviy madaniyat” kabi salbiy illatni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi, jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolganligini va bunga qarshi kurashish o‘ta muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
Ma’ruzadan keyin talaba-qizlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga ma’ruzachi va mutaxassisislardan to‘liq javob olishdi. Ma’ruzada ko‘rgazmali prezentatsiyadan foydalanildi.