“ERASMUS +” DASTURIGA BAG‘ISHLANGAN TARG‘IBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 18 iyun kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida “Erasmus +” dasturining axborot kampaniyasi milliy idorasi vakillari tomonidan Respublika oliy ta'lim muassasalarida turli maqsadli guruhlarni hisobga olgan holda, dasturda ishtirok etish shartlari bilan tanishtirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Erkin Xo‘jayorovich Isakov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda O‘rta Osiyo davlatlari, shuningdek O‘zbekiston uchun dasturning barcha yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Respublika Oliy o‘quv yurtlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishlari mumkin:
1. Oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish;
2. Kredit harakatlari;
3. Hamkor magistrlik dasturlari;
4. Jean Monnet.
Tadbirda 50 ga yaqin Samarqand viloyatidagi OTM vakillari ishtirok etdilar.