OTM MATBUOT KOTIBLARIGA BIRINCHI RESPUBLIKA SEMINARI TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yilning 11-12 iyun kunlari Toshkent shahrida, OTM matbuot kotiblariga “Oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishning dolzarb masalalari” mavzusida OTM matbuot kotiblarining birinchi Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda axborot xizmatida faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali muhbirlar, internet jurnalistikasi mutaxassislari jumladan kun.uz, UzA.uz, O‘zbekiston 24 kabi nufuzli internet nashrlari, televideniya va gazeta tahririyati muxbirlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.
Seminar davomida axborot xizmati faoliyatiga oid nazariy va amaliy mahorat darslari, axborot xizmatlari tomonidan jamoatchilik va OAV uchun tadbirlar tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari hamda amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.