“O‘zbekistonda shaharsozlik, landshaft arxitekturasi va dizaynini rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusida o‘tkazilgan Respublika ilmiy- amaliy konferensiyasi
Konferensiyada O‘zbekistonda rivojlanayotgan shaharsozlik va landshaft arxitekturasi amaliyoti ilmining dolzarb muammolari; shaharsozlik ekologiyasi muammolari va ularning zamonaviy echimlari; tarixiy shaharlar markazi va hududini qayta tiklash va qurishda landshaft dizayni muammolari; landshaft arxitekturasi amaliyotida yangi g‘oya va shakllar, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash; floristika va fitodizayn ilmi va amaliyotidagi innovatsiyalar; bog‘-park qurilishi va bog‘-parklarni modernizatsiyalash sohasidagi innovatsion yondoshuvlar; xorijiy davlatlar landshaft dizayni sohasida erishilgan ilg‘or tajribalar va yutuqlar; iqlimi va tuproq sharoiti ekstremal bo‘lgan aholi punktlarida landshaft arxitekturasi va ko‘kalamzorlashtirishning zamonaviy usullarini yaratish muammolari; shaharsozlik, landshaft arxitekturasi, landshaft dizayni va floristika fanlarini o‘qitish muammolari kabi masalalar mug‘okoma qilindi.
Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalaridan 123 nafar professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar, 20 nafar yosh olimlar, 27 nafar magistrlar va iqtidorli talabalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdilar.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya qatnashchilari tomonidan yuborilgan maqolalar asosida bitta tomdan iborat 120 ta maqola kiritilgan konferensiya to‘plami chop etildi.