“MEN TANLAGAN OLIYGOH!” VIDEOROLIKLAR TANLOVI

2018-yil 10-sentabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “Men tanlagan oliygoh!” videoroliklar tanlovi e'lon qilingan edi. O’n kun davomida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali mazkur videoroliklarga o'zlarining xolis baholarini berishdi. G’oliblar  to’plangan ovozlar soniga qarab aniqlandi.  Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan “Taʼlim va mutaxassislik” XIX Xalqaro koʻrgazmasining ochilish marosimida eng sara videoroliklar mualliflari  munosib taqdirlanishdi. Tanlov uch xil yo'nalishda tashkil etildi. "Texnika, tibbiyot va salomatlik yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari" yoʻnalishida 1-oʻrin Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga, nasib etdi. Mazkur videorolik Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Hayitov Orif Boliqulovich tomonidan yaratilgan bo’lib, unda yoshlarni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga keng jalb qilish, institutning faoliyati, yutuqlari, yoshlar bilan olib borilayotgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan.