PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA ISHCHI XODIMLARI O‘RTASIDA SPORTNING “VOLEYBOL” MUSOBAQALARI TASHKIL QILINDI

 

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2019 yil 10-11 sentyabr (erkaklar), 12-13 sentyabr (ayollar) kunlari institut sport zalida, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari o‘rtasida sportning “Voleybol” musobaqalari tashkil qilindi va o‘tkazildi.
Musobaqa Xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi va “Kasb ta’limi va jismoniy tarbiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan hamkorlikda tashkil qilindi.
Musobaqada jami qurilish, Qurilishni boshqarish, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, Arxitektura fakultetlari hamda Rektorat jamoalaridan 80 ga yaqin professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha aniqlandi:
ERKAKLAR o‘rtasida:
I o‘rin Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti jamoasi
II o‘rin Qurilishni boshqarish fakulteti jamoasi
AYOLLAR o‘rtasida:
I o‘rin Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti jamoasi
II o‘rin Arxitektura fakulteti jamoasi