“XOTIN-QIZLAR QO‘MITASINING ENG NAMUNALI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI” KO‘RIK TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘limlari va boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 11 sentabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining majlislar zalida “Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik tanlovning Samarqand viloyat bosqichida Oliy ta’lim muassasalari xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari raislari orasida I o‘rinni olib, Respublika bosqichini qo‘lga kiritgan edi.
Tanlovning Respublika bosqichida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Muqaddas Boboqulova II darajali diplom bilan taqdirlandi.

 

 

Xotin-qizlar qo‘mitasi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti raisi Muqaddas Boboqulovani bu yutuq bilan institut jamoasi chin dildan qutlaydi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.