SAMDAQI 4-SONLI TTJDA ARZON SARTAROSHXONA ISHGA TUSHDI

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 4-sonli talabalar turarjoyida yashovchi, Qurilish fakultetining 101-AYvaA guruh talabasi Jo‘raqulov Elchinbekning tashabbusi bilan hamda institut ma’muriyati yordamida arzon sartaroshxona ishga tushdi.
Endi talabalar uzoqqa chiqmagan holda talabalar turar joyining o‘zidayoq sartaroshxona xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Jo‘raqulov Elchinbek endi oz bo‘lsa ham kontrakt-to‘lovini o‘z hunari orqali ishlab, ota-onasiga yordam ko‘rsatmoqchi.Zero, intilganga tole yor!
Ma’lumot uchun manzil: 4-sonli TTJ.