SAMDAQIDA SIRTQI TA’LIM ABITURIENTLARI UCHUN SUHBAT JARAYONLARI BO‘LIB O‘TDI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ–4359-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyundagi 1-son bayonining 20-ilovasiga muvofiq, Oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga 2019-2020 o‘quv yili qabulida “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha hujjat topshirgan abiturientlarga 19-20 avgust kunlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Sirtqi ta’lim bo‘yicha Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga 6 ta’lim yo‘nalishi ya’ni “Geodeziya, kartografiya va kadastr”, “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalash va ekspluatatsiyasi”, “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar”, “Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)”, “Qurilish materiallari  buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish”, “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” ta’lim yo‘nalishlariga joriy yilda mehnat faoliyatini olib borayotgan jami 40 nafar abiturient hujjat topshirgan bo‘lib, suhbat komissiyasi hay’at a’zolari tomonidan yakka tartibda suhbatlar olib borildi.
Abiturientlar suhbat natijalariga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi. Natijalar institut web-sayti va institut ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.