VATANIMIZ RAVNAQI — BIZNING MA’NAVIYATIMIZDA!
Butun dunyoda sodir bo‘layotgan karantin holati bugun barchamizni ogohlikka chorlamoqda.Koronavirus infeksiyasining tarqalishi davlatimizning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, albatta.Azaldan ma’lumki, o‘zbek xalqi yuksak ma’naviyatli, madaniyatli, asrlar osha har qanday sinovlarni o‘zining, metin bardoshi, matonati bilan yengib o‘tgan irodali xalqdir.Bugun o‘sha irodani yana bir bor namoyon etib, uyda qolgan holda o‘z bilimimizni, ma’naviyatimizni boyitib, takomillashtirib, Vatan ravnaqi, uning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishi uchun o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim.Shu maqsadda institutda talabalar uchun moodle.samgasi.uz masofaviy ta’lim tizimi to‘liq ishga tushirildi.Bundan tashqari, telegram ijtimoiy tarmog‘ida institut axborot resurs markazining rasmiy sahifasi (@samdaqi_armkutubxona) ish boshladi.Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, vaqtingizni behuda ishlarga sarflamasdan, ilm olish bilan shug‘ullaning.Zero, insoniyat va taraqqiyotning eng katta dushmani bo‘lmish bekorchilik, beparvolik va loqaydlik kabi illatlar, aslida, koronavirus infeksiyasidan ham xavfli ekanligi Respublika Oliy ta’lim kengashi va Oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashida ham aytib o‘tildi.
Aziz talaba-yoshlar!
Sizlardan bugun faqat bir narsani so‘raymiz: UYINGIZDA O‘TIRING!
Uyingizda o‘tirib, butun dunyoni qutqarishda o‘z hissangizni qo‘shing!
Sulton AXMEDOV
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori