MUNOZARA (debate)
Debat ya’ni munozara klubi rahbari “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi A.Ziyatova va Qurilish fakulteti Yoshlar kengashi hamda faol yoshlar ishtirokida institut debat klubi faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilning 18-fevral kuni “Millatlar qalbida yashaydi Bobur” mavzusida yil hisobi bo‘yicha ilk munozara bahslari tashkil etildi. Inkor va tasdiq manbalar ustida bahlar juda qizg‘in davom etdi.Ekspert sifatida Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari X.Xo‘jamov, Q.Mamarahimov va I.Rizayevlar qatnashdilar. Faol qatnashgan talabalarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Ma’lumot uchun: "Mobil qurilmalar inson uchun zararlimi?" mavzusida bugun soat 15:00 da 4-sonli TTJda navbatdagi munozara bahslari bo‘lib o‘tadi.
Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!