TALABALAR O‘RTASIDA STOL TENNIS MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

 

Joriy yil 17-fevral kuni Qurilishni boshqarish fakulteti Yoshlar kengashi a’zolari va fakultet yetakchisi J.Tolibov tomonidan 2-sonli TTJ talabalari o‘rtasida “Stol tennis” sport turi bo‘yicha musobaqa turniri tashkil etildi.
Musobaqa 2-sonli TTJ zalida 18 nafar talabadan iborat bo‘lgan holda, talabalar shaxsiy birinchilik uchun kurashishdi.Natijalarga ko‘ra, Axrolov Mavlon 303-KMEvaUB guruh talabasi faxriy 1-o‘rinni, Qadamov To‘lqin 102-KMEvaUB guruh talabasi 2-o‘rinni va Nurliyev Sanjar 204-KMEvaUB talabasi 3-o‘rinni egalladilar.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Prezidentning 5 tashabbusinining ikkinchi tashabbusini amalga oshirib yoshlarni sportga qiziqtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlab berish.
G‘oliblar kengash a’zolari tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar.