“ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI” TARG‘IBOT TADBIRI
Joriy yilning 20 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi PF–5775-sonli “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablaridan kelib chiqib “Odam savdosi-davr muammosi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi o‘ta muhim masalalar bo‘yicha tezkor vakillari podpolkovnik B.Po‘latov, mayor T.Elboyev, IIB Tergov boshqarmasi katta tergovchisi J.Xolnazarov, bo‘lim boshlig‘i S.Xolmuxamedov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori A.Xafizov, “Istiqbolli avlod” NNT yuristi F.Muxammadiyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bo‘lim boshlig‘i G‘.Bobobekovlar ishtirok etdi.
Unda so‘z olganlar, odam savdosi va majburiy mehnatni keltirib chiqarayotgan omillar, bu borada mamlakatimizda jumladan, viloyatda amalga oshirilayotgan say-harakatlar, “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi” va uning tarkibida odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyalar takshil etilganligi, bugungi kunda ular tomonidan mazkur yo‘nalishda davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.Tadbir davomida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olingan film namoyish qilindi. Talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.
Targ‘ibot tadbiri viloyat teleradiokompaniyasi hamda IIB matbuot xizmati muhbirlari tomonidan tasvirga olindi.