YARIMFINAL ISHTIROKCHILARI ANIQLANDI
Joriy yilning 12-13-14 dekabr kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi hamda “Bilim orzu” quv markazi bilan hamkorligida Samarqand shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida Samarqand markaziy kulgu ligasi “Quvnoqlar va Zukkolar” bellashuvining chorakfinal bahslari bo‘lib o‘tdi.Unda oliy ta’lim muassasalarining “Maroqandlik bojalar” (SamDAQI), “O‘zbegim” (SamISI), “Maroqand” (SamVMI), “Ilhom” (SamDU), “Turist” (Ipak yo‘li Turizm xalqaro universiteti), “Tarjimon” (SamDCHTI), “Avitsenna” (SamMI) jamoalari ishtirok etishdi.Bu yilgi yangi liganing o‘yinlarida nafaqat OTM talabalaridan tashkil topgan jamoalar, balkim davlat va jamoat tashkilotlaridan tashkil topgan “Optimal” (“My business” xususiy korxonasi), “Lochinlar” (Ichki ishlar boshqarmasi), “Ideal” (Yoshlar ittifoqi Nurobod tuman Kengashi), “Tog‘ yo‘lbarslari” (Markaziy harbiy okrugi), “Yog‘du” (Imron-art MCHJ) jamoalari ham ishtirok eta boshladilar.
12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Maroqandlik bojalar”, “O‘zbegim”, “Optimal”, “Lochinlar” jamoalari o‘rtasida yuqori ball bilan “Maroqandlik bojalar” faxrli birinchi o‘rin bilan va “O‘zbegim” jamaoasi faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib yarimfinal o‘yinlarida bo‘ladigan bahslarga yo‘llanmani o‘zlarida saqlab qolishdi.
13 dekabr kuni “Maroqand”, “Ilhom”, “Turist”, “Ideal” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda esa “Maroqand” va “Ilhom” jamoalari yuqori ball bilan yarimfinal o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.14 dekabr ya’ni so‘ngi chorakfinal o‘yinida “Tarjimon”, “Avitsenna”, “Tog‘ yo‘lbarslari” hamda “Yog‘du” jamoalari o‘rtasida bo‘lib, bellashuvda yuqori ballar bilan “Tarjimon” va “Tog‘ yo‘lbarslari” jamoalari keyingi yarimfinal o‘yinlarida ishtirok etishni naqd qildilar.Uch o‘yin natijalariga ko‘ra Samarqand markaziy kulgu ligasining keyingi yarimfinal o‘yinlarida 6 jamoa “Maroqandlik Bojalar” (SamDAQI), “O‘zbegim” (SamISI), “Maroqand” (SamVMI), “Ilhom” (SamDU), “Tarjimon” (SamDCHTI), “Tog‘ yo‘lbarslari” (Markaziy harbiy okrugi) to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, hakamlar hay’ati tomonidan ballar nisbatiga ko‘ra yana 2 jamoa, “Ideal” (Nurobod tuman Kengashi) va “Yog‘du” (Imron-art MCHJ) keyingi bahslarda yarimfinal o‘yinlarida ishtirok etish uchun imkoniyatni saqlab qoldilar.Markaziy kulgu ligasining navbatdagi, yarimfinal o‘yinlari 2020 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda va kelgusi o‘yinda 8 jamoadan faqatgina 4 tasi final o‘yiniga yo‘llanmani qo‘lga kiritib kubok uchun bellashadilar.
Jamoamiz “Maroqandlik bojalar”ga keyingi o‘yinlarda omad tilaymiz!