ZAMONAVIY XORIJIY ARXITEKTURA TARIXI FANI BO‘YICHA OCHIQ MA'RUZA DARSLARI BO‘LIB O‘TDI

 

2019 yil 13 dekabr kuni Arxitektura fakultetida "Arxitekturada dekonstruktivizmning shakllanishi va prinsiplari" mavzusida zamonaviy xorijiy arxitektura tarixi fani bo‘yicha ochiq ma'ruza darslari bo‘lib o‘tdi.Ma'ruzani arxitektura bo‘yicha falsafa doktori, "Arxitektura nazariyasi va tarixi" kafedrasi dotsenti Kamalova Dilnoza Zayniddinovna tayyorladi va olib bordi.Darsda "Arxitektura" ta'lim yo‘nalishi 305 va 103-guruh talabalari hamda "Arxitektura nazariyasi va tarixi, me'moriy yodgorliklarni tiklash", "Landshaft arxitekturasi" mutaxassisliklari magistrantlari qatnashdilar.Shuningdek, institutning o‘quv bo‘limi boshlig'i A.Axunjanov va kafedra o‘qituvchilari D.Mirzayev, B.Saidova, I.Maxmatqulov, O.Eshmuradov, M.Imomov, J.Berdikulov ishtirok etdilar.Ma'ruza davomida zamonaviy xorijiy me'morchilikni rivojlantirishda dekonstruktivizm uslubining shakllanishi va fundamental xususiyatlari haqida so‘z yuritildi.
Ma'ruza yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan interfaol uslubda foydalanilgan holda o‘tkazildi.