“BUNYODKOR” JAMOASI RESPUBLIKA TURNIRIDA II O‘RINNI EGALLADI!

 

#zakovat
2019 yilning yakunida yana bir ajoyib xushxabar!
Joriy yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusid bilan “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika ochiq turniri tashkil etildi.Turnirda Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan OTM, kollej va litsey o‘quvchilaridan tashkil topgan 24 jamoa ishtirok etdi.
Natijalarga ko‘ra faxrli I o‘rinni Samarqand Ichki ishlar vazirligi qoshidagi akademik litsey jamoasi egalladi, II o‘rinni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Bunyodkor” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, III o‘rin bilan Toshkentning “Tafakkur” terma jamoasi taqdirlandilar.“Bunyodkor” tarkibida aqliy jang olib borib SamDAQI sharafini himoya qilib kelayotgan institutimiz talabalari Ilhomjon Narzulayev, Davron Narzullayev, Behruz Berdalov, Dadaxon Umarov, Ashraf Xoldorov, Shaxzod Haydarovlarga SamDAQI ma’muriyati va yoshlari nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Jamoaning kelgusi o‘yinlariga omad tilaymiz!