SAMDAQI “ENG NA’MUNALI BOSHLANG‘ICH TASHKILOT” KO‘RIK TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA MUNOSIB TAQDIRLANDI

 

2019 yil 14 dekabr kuni, tarmoq xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy manfaatlarini himoyalashda, mehnat muhofazasi va sog‘lomlashtirish, dam oldirishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan Eng na’munali boshlang‘ich tashkilot ko‘rik tanlovining Respublika boshqichi natijalariga ko‘ra Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston transport yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi, yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ne’matov Sherzod Sirojiddinovich va transport yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari, Samarqand viloyat birlashgan kasaba uyushma raisi S.Izzatullayev yuqorida ko‘rsatilgan tanlov bo‘yicha SamDAQI xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi jamoasi II o‘rinni egallaganligi bilan II darajali diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladilar.Tadbir davomida O‘zbekiston transport yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ne’matov Sherzod Sirojiddinovich uchrashuv qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga javob berib, Respublika BKUK tomonidan joriy etilgan ko‘plab nominatsiyalar bo‘yicha tushunchalar berib, BKUK a’zolarini kelgusi tanlovlarda ham qatnashishlari uchun faollikka chorladi.