“QURILISH MEXANIKASI VA MATERIALLAR QARSHILIGI” KAFEDRASIDA HISOBLASH GRAFIK ISHLARINI TALABALARDAN QABUL QILISH JARAYONLARI TAQDIMOT SHAKLIDA O‘TKAZILMOQDA

 

Joriy yilning 12 dekabrida Qurilish fakultetining 207-BvaIQ va 204-QMBvaKICh guruhlari talabalari“Qurilish mexanikasi (Materiallar qarshiligi)”fanidan bajargan hisoblash grafik ishlarini kafedra professor-o‘qituvchilari va dekanat vakillari ishtirokida taqdimot shaklida fakultetning 310 auditoriyasida o‘tkazishdi.Qabul qilingan ishlar na’munali tarzda bajarilganligi kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’kidlandi.