BESH TASHABBUS AMALDA “ENG YAXSH KITOBXON TALABA”

 

Joriy yilning 6 dekabr kuni 302-303 QHALTE guruxlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” nomli kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Jamolov so‘zga chiqib ” tadbirni ochib berdi. “ — Muhtaram Prezidentimiz “Men shunga aminman-kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga yerishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q” deb bejizga ta’kidlamagan. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning kitobxonlik saviyasini oshirishga mutolaa madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berilayotgani barchamizga ma’lum. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Xalqimiz tilida ham kitob o‘qib bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”, bunday purhikmat naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin .
302-QHALTE guruhi murabbiyi E.Jo‘rayeva va 303-QHALTE guruhi murabbiyi D.Holdorova so‘zga chiqib, kitobxonlik haqida so‘z borganda, Istiqlol bizga kitobxon xalq degan azaliy yuksak mavqeyimizni nafaqat qaytarib bergani, ayni chog‘da, bu boradagi intellektual salohiyatimiz va imkoniyatlarimizni tubdan oshirishning asosiy omili ham bo‘lganini ta’kidlash lozim. Binobarin, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.O‘tgan davrda matbuot, noshirlik va axborot sohasining mustahkam huquqiy asosi yaratildi. Xususan, bu borada 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvarda imzolangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ana shu ezgu ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga qaratilganligi bilan g‘oyatda ahamiyatlidir.
303-QHALTE guruhi talabalari Aminjonov Nodir T.Malikning “Shaytanat” romanini, Toshbekova Zoxira O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanini, Saidova Nigina esa A.Pushkinning “Yevgeney Onegen”, Omonov Rustam D.Kornegenning “Muomala sirlari” asarini, Saidov Sardor T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanini va shuningdek 302-QHALTE guruhi talabalaridan Do‘stiyorov Abdumalik J.Londonning “Hayotga muhabbat” asarini, Qadamboyev Ziyodulla esa S.Axmadning “Ufq” romanini, Turobova Zulayho O‘.Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asarlarini eng mazmunli va ma’noli, shuning bilan eng ko‘p o‘qigan asarlari bilan faol qatnashib oliy o‘rinlarni egallashdi.303-QHALTE guruhi talabasi Saidova Nigina va 302-QHALTE guruhi talabasi Turobova Zulayho “Eng yaxshi kitobxon talaba” deb topildi.