ME’MORCHILIK FANLARI DOKTORI, PROFESSOR AHMEDOV MUXAMMAD KOSIMOVICHNING ILMIY-PEDAGOGIK, ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANADI

1947 yil 20 mayda tug‘ilgan, millati o‘zbek, me’morchilik fanlari doktori, professor Ahmedov Muxammad Kosimovichning ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish faoliyatiga bag‘ishlanadi.
Ahmedov Muhammad 1970 yilda Toshkent politexnika institutining me’morchilik fakultetini bitirib, o‘z ish faoliyatini Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida boshlagan.
U o‘zining iqtidorli mutaxassis va malakali pedagog ekanligini ko‘rsatib, 1979 yildan kafedra mudiri, 1988 yildan dekan va 1997 yildan ilmiy ishlar prorektori lavozimida ishlab kelgan, Muhammad Ahmedov rahbarligida 160 dan ortiq diplom loyihalari, uning maslahatchiligida 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.
Muhammad Ahmedov 175 dan ortiq ilmiy, uslubiy va ijodiy ishlarni e’lon qildi, 5 ta monografiya va “O‘rta Osiyo me’morchiligi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmasini markaziy nashrlarda chop ettirdi, “Me’moriy ta’mir uslubiyati”, “Me’morchilikda shakl ibtidosi va taraqqiyoti” kabi maxsus dars kurslarini ishlab chiqdi, Massachusets texnologiya instituti (AQSh-1991 yil), Neapol universiteti (Italiya 1991 yil), Yulduz texnika universiteti (Turkiya - 1999) da ma’ruzalar o‘qigan.
Muhammad Ahmedovning ilmiy-pedagogik va ishlab chiqarish faoliyati tashakkurnomalar, yorliqlar, “Mustaqillik” ko‘krak nishoni hamda me’morchilikni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari 1992 yil 28 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №1563 Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. U institut jamoasi, shahar va viloyat fuqarolari orasida hurmat – izzatga sazovor bo‘lib, vatan hamda xalqiga, do‘stlariga sodiq bulgan.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari nomidan Ahmedov Muxammad Kosimovichning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etadi.
SamDAQI ma’muriyati