DAVLAT BAYROG‘I — MILLAT IFTIXORI

Bayroq davlat ramzlaridan biri bo‘lib, u yurt mustaqilligi, kuch-qudrati timsolidir. Xar bir davlatning bayrog‘i, o‘zida shu mamlakatning, xalqining tarixiy an’analarini, maqsad va orzu istaklarini aks ettiradi.
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi xususan, tinchlik va barqarorlik timsoli hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilishgan.
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Mana 28 yildirki bayrog'imiz musaffo osmon uzra balandlarda hilpirab turibdi.
Shu munosabat bilan Samarqand shahrining Ko'ksaroy maydonida o'tkazilgan bayram tadbirida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti faol talaba yoshlari bayramni ko'tarinki ruhda o'tishiga o'z hissaslarini qo'shdilar.
Tadbirda yurtimiz bayrog'ining turli ko'rinishlarda yaratilgan namunalari ko'rgazmasi ham tashkil qilindi.