TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
#tavallud_ayyomingiz_bilan #60yosh_muborak
#yangi_rukn
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servis” kafedrasining mudiri, texnika fanlari doktori, professor Sobirjon Murodullayevich Boboyevning tavallud ayyomlari bilan, institut jamoasi chin dildan muborakbod etadi.
Sobirjon Murodullayevich Boboyev sizga uzoq umr, sog'lik salomatlik, tinchlik-totuvlik va oilaviy baxt, doimo yoshlarni ilm-zakovatli qilib tarbiyalashda mana shunday ko'tarinki ruh hamda shijoat sizni hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.
Tabarruk 60 yosh muborak bo‘lsin!
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servis” kafedrasining mudiri, texnika fanlari doktori, professor Sobirjon Murodullayevich Boboyev institutda 1981 yilda o‘z faoliyatini boshlab, kafedra assistenti, dotsent, kafedra mudiri, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va rektor lavozimlarida ishlagan. Bugungi kunda S.M.Boboyev kafedra mudiri lavozimida ishlab, ilmiy-pedagogik va xalqaro faoliyati bilan malakali kadrlar tayyorlashda o‘zining salmoqli ulushini qo‘shib kelmoqda.
S.M.Boboyev binolarni isitish, havo almashtirish va havoni mo‘tadillashtirish tizimlarida energotejamkor usullarini yaratish va foydalanish bo‘yicha ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy ishlanmalar va ilmiy maqolalar chop etgan. O‘tgan yillar mobaynida Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan obyektlarining loyiha ishlarida faol ishtirok etib, davlat mukofotlariga sazavor bo‘lgan. S.M.Boboyev rahbarligida bajarilgan diplom loyihalari, magistrlik dissertatsiyalari va boshqa ilmiy ishlanmalar o‘zining nazariy va amaliy mohiyati, dolzarbligi bilan ajralib turadi.
S.M.Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiya TAQI, SamDAQI, TTYTI va NamMQIlari ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash a’zosi. OAK ro‘yxatidan o‘tgan “Me’morchilik va qurilish muammolari” ilmiy-texnik jurnalning tahririyat xay’ati a’zosi.
Respublikada malakali kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissasi, institutning ilmiy salohiyati, xalqaro nufuzini oshirishdagi faolligini hamda 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan institut jamoasi va rahbariyati nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz!