“ZAMONAVIY QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARINI TAYYORLASH JARAYONIDA FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUAMMO VA YECHIMLARI”
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zSanoatQurilishMateriallari” uyushmasi va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hamkorligida “Zamonaviy qurilish materiallari va buyumlarini tayyorlash jarayonida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirishning muammo va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
2020 yilning 16-17 oktabr kunlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan konferensiyani dastlab SamDAQI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori E.Isakov, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari A.Qo‘ldoshev va Samarqand viloyat hokimining Qurilish ishlari bo‘ycha muovini Akmal Shukurovlar kirish so‘zlari bilan ochib berdilar va konferensiya ishiga omad tiladilar.
Ushbu konferensiyada olimlar quyidagi mavzular bo‘yicha:
• “O‘zbekiston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari”;
• “Polistirol betonning o‘rtacha zichligi uning suv shimuvchanlikka ta’sirini tadqiqotlash”;
• “Angren GES ko‘li va mikrokremnizemli kam suv talabchan bog‘lovchi xususiyatlari”;
• “Sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallarini ishlab chiqarishning istiqbollari”;
• “Gips asosida quruq qurilish qorishmasiga o‘simlik va yog‘och qipiqlarini qo‘llash samaradorligi”
mavzulari orqali professor-o‘qituvchilar va olimlar hamda talabalar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiyada Toshkent va Samarqand hamda Respublikamizning boshqa viloyatlaridagi OTMlarining professor-o‘qituvchilari ham ZOOM platformasi orqali onlayn kuzatib bordilar.