ILMIY-AMALIY ONLAYN RESPUBLIKA KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlanishtirish sharoitida qurilish kompleksi va ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirishning iqtisodiy muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16-17 oktabr kunlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan konferensiyani dastlab SamDAQI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori E.Isakov, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari A.Qo‘ldoshevlar kirish so‘zlari bilan ochib berdilar va konferensiya ishiga omad tiladilar.

   

Ushbu konferensiyada olimlar quyidagi mavzular bo‘yicha:
•  “Korxona qiymatini baholashda daromad yondashuvuni takomillashtirish yo‘llari” ;
•  “Ko‘chmas mulkni baholashda hududiy omillarni ta’siri”;
•  “Ko‘chmas mulkning bozor qiymatini shakllantirishning iqtisodiy asoslari”;
•  “Iqtisodiyot rivojlanishning hozirgi bosqichida ko‘chmas mulk bozorini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari”;
•  “Soliqqa tortish maqsadida ko‘chmas mulkni baxolash xususiyatlari” mavzulari orqali professor-o‘qituvchilar va olimlar hamda talabalar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

Konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda olimlarning ilmiy izlanishlari va ma’ruzalari tinglandi.