“TADBIRKORLIK ASOSLARI” YO‘NALISHI BO‘YICHA O‘QUV KURSI TASHKIL ETILDI

 

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Samarqand viloyati filiali tomonidan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabalariga “Tadbirkorlik asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha 22 soatlik, qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv kurslarida bir qator tashkilotlar Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, O‘zRTXB Samarqand filiali, Samarqand viloyati markaziy bank bosh boshqarmasi, “Yoshlar kelajagimiz” hududiy bo‘limlari, Samarqand viloyati Davlat soliq Boshqarmasi, Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi, Savdo sanoat palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi, O‘zLiDep Samarqand viloyat kengashi vakillari kelib talabalarga 3 kunlik ma’ruza darslarini o‘tishdi.
O‘quv kurslarini muvaffaqqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Samarqand filiali, O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi hamda Savdo sanoat palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi vakillari tomonidan sertifikatlar topshirildi.