SAMDAQI 4-SONLI TTJDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 11 sentabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 4-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Orif Xaitov, Qurilish fakulteti dekan o‘rinbosari Ahmad Kamolov, 4-sonli TTJ komendanti, tarbiyachisi va institut yoshlar ittifoqi faol yoshlari bilan birgalikda talabalar bilan uchrashdilar.
Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, kamchiliklar, taklif va muammolar davra suhbati davomida o‘rganildi. Shuningdek, 5 tashabbus doirasida talabalar turar joylarida to‘garaklar ish yuritayorgani va bu to‘garaklarda barcha talabalari faol qatnashishlari ta’kidlagan holda, odob-axloq, jamoatchilik tartib qoidalari to‘g‘risida ham gapirilib o‘tildi.