SAMDAQI REKTORI: “YAXSHI O‘QISANGIZ, SIZNI REKTOR RAG‘BANLANTIRIB BORADI!”

 

Joriy yilning 14 sentabr kuni katta faollar zalida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sultan Ilyasovich Axmedov, moliya va iqtisod ishlari prorektori Rajabov Adxam Hamdamovich, fakultet dekanlari hamda talabalar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Sultan Ilyasovich Axmedov 2016 yil mana shu kuni ya’ni 14 sentabr O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 406-sonli Qonuni qabul qilinganigi to‘g‘risida yoshlarni tabrikladi va yoshlarga qaror to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi.
Muloqotda institut ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga taalluqli ma’lumotlar berib o‘tildi.
SamDAQI rektori: “Yangi o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlarini ikki xil ko‘rinishida — “stipendiyali” va “stipendiyasiz” amalga oshirish imkoniyati yaratilgani, to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi, iqtidorli talabalarni rag‘banlantirish maqsadida stipendiya tayinlash bo‘yicha bir qator yangiliklar kirtilganligi, baho ustida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmasligi va bu qaror sizning kelajagingiz uchun ijobiy ta’sir qiladi. Qaror e’lon qilingandan so‘ng talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi biroz so‘ngandek nazarimda, avvalombor siz stipendiya uchun emas, kelajakda o‘z kasbingizning yetuk mutaxassisi bo‘lib oila boqishingiz uchun, bu yerda kelajagingiz uchun fundament quyasiz. Va bir narsani juda yaxshi tushunishlaringizni xohlagan bo‘lar edim, baho hech narsani hal qilmaydi, ilgari “5” yoki “4” bahoga o‘qisangiz nisbatan ko‘proq pul mablag‘iga ega bo‘lar edingiz to‘g‘ri, lekin oxirgi yillarda bu korrupsiyani yanayam rivojlanishiga sabab bo‘lib kelayotgan edi. Ana endi yaxshi o‘qisangiz sizni rektor rag‘banlantirib boradi! – deb ta’kidlab o‘tdi Sultan Ilyasovich Axmedov
Yoshlarni qiziqtirgan savollarga institut ma’muriyati tomonidan to‘liq va batafsil javob berildi.