SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI ILMIY KENGASHINING 2019-2020 O‘QUV YILI 12 SENTABRDAGI 1-SON YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

 

Ilmiy kengash yig‘ilishining kun tartibida belgilangan masalalar bo‘yicha ma’ruzachilar tomonidan yangi o‘quv yilida yangi maqsad va rejalar, xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Bu haqda batafsil keyinroq ma’lumot beramiz.
12 sentabr 1-son yig‘ilishida institut ilmiy kengash qatnashchilari barcha prorektor va dekanlar hamda kafedra mudirlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda SamDAQI rektori Sultan Ilyasovich Axmedov yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga taalluqli sharhini o‘qib eshittirdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019-2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlari o‘rnatilganligi, bunda, talabalarni o‘qitishga sarflanadigan harajatlarini qisman qoplanishi nazarda tutuvchi ijtimoiy himoyalangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.
Shu bilan birga, talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash, maqsadida yangi o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlarini ikki xil ko‘rinishida — “stipendiyali” va “stipendiyasiz” amalga oshirish imkoniyati yaratilgani haqida gapirib o‘tdi.
Aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi, iqtidorli talabalarni rag‘banlantirish maqsadida stipendiya tayinlash bo‘yicha bir qator yangiliklar kirtilganligi haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.
Bundan tashqari 13 sentabrdan boshlab barcha fakultetlar kesimida talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.