HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANMOQDA
Belarusiya milliy texnika universiteti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga binoan, 2020 –yil 13-15 fevral kunlari Belarusiya milliy texnika universitetining iqtisod fanlari doktori Bogdanovich Yelena Gennadevna va tarix fanlari doktori professor Bojanov Vladimir Aleksandrovich tomonidan institutning professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda ma’ruza va seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.Tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan professorlarga murojat qildilar. Seminar-trening mashg‘uloti qiziqarli va mazmunli o‘tkazildi.
Seminar treningdan so‘ng Yelena Gennadevna va Vladimir Bojanovlar “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida bo‘lib, kafedra professor-o‘qituvchilari bilan o‘zaro fikr almashishdi. Davra suhbatida kelajakda ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va uni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.