SOG‘LOM TURMUSH MADANIYATI

 

2020 yil 17- fevral kuni institut og‘ir atletika zalida “Sog‘lom turmush madaniyati” oyligi munosabati bilan talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar o‘rtasida, sportning tosh ko‘tarish turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.
Musobaqada yoshlar fakultet jamoalariga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar.Musoboqalar umumjamoa birinchiligida o‘tkazilib, natijalarga ko‘ra 48 ochko bilan Arxitektura fakulteti yoshlari 1-o‘rinni, 2-o‘rinni 21 ochko bilan Qurilish fakulteti yoshlari, 10 ochko bilan MKQ fakulteti yoshlari 3-o‘rinni egalladilar.