XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA SPORT HAFTALIGI

 

2020 yil 10-15 fevral kunlari institut xotin-qizlar o‘rtasida sport haftaligi o‘tkazildi.
10-11 fevral kunlari SamDAQI professor-o‘qituvchilari hamda talaba xotin-qizlar o‘rtasida “Arqon tortish” musoboqasi bo‘lib o‘tdi.Musoboqa natijalari quyidagicha:
institut professor xotin-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Arxitektura fakulteti 1-o‘rin, Qurilish fakulteti 2-o‘rin va MKQ fakulteti 3-o‘rinni egalladilar.
Talaba xotin-qizlar o‘rtasida 1-o‘rin bilan Qurilish fakulteti, 2-o‘ringa Arxitektura fakulteti loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 3-o‘rinni MKQ fakulteti qo‘lga kiritdi.