BUYUK BRITANIYANING QURILISH TASHKILOTLARI VAKILLARI SAMDAQIDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018 yil 03  dekabrdagi 04/21-4688-son buyrug’i ijrosini ta’milash hamda institutimizda halqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida 3 dekabrdan 15 dekabrgacha mehmon bo’lgan Buyuk Britaniyaning   “Pearson” kompaniyasi bosh xodimi Simon Goulden bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida uchrashuv tashkil etildi. Kompaniya xodimini Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori E.X.Isakov kutib olib institutning barcha fakultetlari, bo’limlari va o’quv-ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishtirdi.  Simon Goulden  institut bilan tanishish jarayonida o’quv dargohining moddiy-texnik bazasi, ilmiy potentsiali bilan jiddiy qiziqdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad SamDAQI va qurilish tashkilotlari bilan o’zaro aloqalar jarayoni bilan tanishish hamda kelgusida “Pearson” tashkiloti o’rtasida o’zaro hamkorlik qilish rejalari haqida kelishib olish bo’ldi.