YOSH PROFESSOR- O’QITUVCHILARNI ILMIY TADQIQOT ISHLARIGA JALB QILISH BO’YICHA YIG’ILISH

2018 yil 13 dekabr kuni  Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori  S.I.Axmedovning  institut yosh professor o’qituvchilari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirda  institutning 182 nafar yosh professor o’qituvchilari ishtirok etishdilar. Tadbirning asosiy masalasi yosh professor-o’qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yish va rivojlantirish masalasi bo’ldi.  Institut rektori so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3698, 3151, 2909, 3855-sonli  qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida institutning ilmiy salohiyatini har yili  kamida 5%ga oshirish haqida qat’iy kelishib olindi.  Shundan so’ng institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar  bo’yicha prorektori E.X. Isakov so’zga chiqib,  institut rektori qo’ygan vazifalar asosida 25 dekabrga qadar yosh professor- o’qituvchilar dissertatsiya mavzularini tanlashi, ilmiy rahbar topib yozma rozilik xatini olish, dissertatsiya ishini bajarish rejasini tuzish, hamda ilmiy ishlar ro’yxatini tasdiqlatib ilmiy bo’limga taqdim etish  topshirig’ini berdi.