“Axborot texnologiyalarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati

2018 yil 14 dekabr kuni 2-son talabalar turar joyida Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi a’zolari tomonidan “Axborot texnologiyalarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Davra suhbatida “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri v.b. A.A.Karimov, K.S.Islamov, B.E.Elmuradov, M.X.Eshmuradov, K.M.Shaimov, Q.M.G‘aybulov, M.T.Shodmanqulov va 2-son talabalar turar joyi tarbiyachisi N.Shayzakova, komendant Sh.Xodjiyev va 42 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 

Davra suhbatida kafedra mudiri v.b. A.A.Karimov so‘zga chiqib, bugun “Axborot texnologiyalari” kafedrasi a’zolari institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilotining faol a’zolari ishtirokida shu kunning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazib berish uchun ushbu talabalar turar joyiga tashrif buyurganligi, bundan talabalar kerakli tushunchalar olishi haqida to‘xtaldi.Davra suhbatida so‘zga chiqqan B.Elmuradov yig‘ilganlarga yoshlar tarbiyasida media ta’limning ahamiyati haqida gapirib, dars jarayonida ushbu ta’lim turini qo‘llash darsni o‘zlashtirish uchun katta yordam berishini va undan unumli foydalanish maqsadga muvofiqligini aytib o‘tdi.Shundan so‘ng, Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi K.Shaimov so‘zga chiqib, davra suhbatida bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha juda ko‘plab inovatsiyalar va yangiliklar kirib kelmoqda. Ularni dars jarayonida qo‘llash darslarni sifatli va mazmunli o‘tishi uchun xizmat qilishi haqida gapirib, ulardan amalda foydalanish axborot almashinuv jarayonlarida muhim ekanligini tushuntirib berdi.Tadbir so‘nggida AKT bo‘yicha yangiliklar va yangi texnologiyalar: smart-texnologiyalar, bulut texnologiyalari haqida aniq faktlar bilan tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng K.Islamovning yoshlarning internet tarmog‘i va mobil aloqalar bilan muloqotlari bo‘yicha o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarining natijalari bilan o‘rtoqlashdi.Tadbir so‘nggida faol qatnashgan talabalarga kafedra a’zolari tomonidan tayyorlanagan sovg‘alar topshirildi.