“QIZLARJON” KLUBI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning biri – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash eng dolzarb masalalardan biridir.
Ushbu muhim vazifani ijro etish bugungi kun talabidir. Samarqand davlat arxitektura-qurilish insituti Yoshlar bilan ishlar bo‘yicha prorektori O.Xaitov, Xotin qizlar qo‘mitasi boshlang'ich tashkiloti raisi M.Boboqulova, Arxitektura fakulteti xotin-qizlar yetakchisi G.Jo‘rayeva hamda “Qizlarjon” klubi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Birinchi-ikkinchi bosqich talaba-qizlarining darsdan bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha kasb-hunarga hamda xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadida ularning qiziqishlari, fikrlari tinglandi, kelajakda klub faoliyatini yanada takomillashtirish haqida fikrlar almashildi.