“TALABALAR BAHORI — 2019”

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning birinchisi ya'ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste'dodini yuzaga chiqarish maqsadida 2019 yilning 14 iyun kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining katta faollar zalida “Talabalar bahori — 2019” deb nomlangan ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda “Arxitektura” fakultetining “Advokatlar”, “Qurilish” fakultetining “Quruvchi”, “Qurilishni boshqarish” fakultetining “Oskar”, “MKQ” fakultetining “Bojalar” jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Bir-biridan qiziqarli va yumoristik chiqishlarga boy bo‘lgan tadbirda natijalar quyidagicha taqsimlandi:
I o‘rin – “Qurilish” fakultetining “Quruvchi”;
II o‘rin – “Arxitektura” fakultetining “Advokatlar”;
III o‘rin – “Qurilishni boshqarish” frakultetining “Oskar” jamoalari egalladilar.
Bellashuvda albbatta “Eng sho‘x yigit” va “Eng sho‘x qiz” nominatsiyalari ham aniqlandi. "Eng sho‘x yigit" nominatsiyasini o‘zining topqirligi, zukkoligi bilan “Qurilish” fakultetining “Quruvchi” jamoasi a’zosi Dovurov Ikrom munosib deb ko‘rilgan bo‘lsa, "Eng sho‘x qiz" nominatsiyasiga esa “Qurilishni boshqarish” fakultetining “Oskar” jamoasi a’zosi Maftuna Salimova sazovor bo‘ldi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qo‘shimcha izohlarga hojat yo‘q, fotolavhalardan ko‘rinib turibdiki tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.