Oila kuni munosabati bilan “Baxtli oila qurish sirlari” mavzusida davra suhbati yuzasidan

 

2017 yil 17 may kuni institut faollar zalida “Oila kuni” munosabati bilan talaba -qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida «Oilam sog‘lom bo‘lsin desangiz» “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari ”, baxtli oila qurishning psixologik tomonilarini yoritish maqsadida “Sen juftingni qanday anglading?” mavzularida uchrashuv va davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida SamDU “Meditsina” kafedrasi o‘qituvchisi  vrach X.Qorieva , institut “Salomatlik markazi” vrachi N.Sultonova, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.N.Boboqulova va institut fakultetlari xotin-qizlar qo‘mitasi raislari ishtirok  etishdi.

 “Oilam sog‘lom bo‘lsin desangiz” mavzusida vrach N.Sultonova qizlarga sog‘lom oila qurishda ularning o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan holatlar:  to‘g‘ri ovqatlanish, to‘g‘ri jismoniy harakat, o‘z sog‘ligini kuzatib borish, shaxsiy gigienaga rioya qilish, TORCH infeksiyasi, homiladorlik bosqichlarida uchrovchi toksikozlar simptomlari homilaning dastlabki rivojlanishi, homiladorlik davrining  xavfli oylari haqida ma’lumot berdi.

             “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida vrach X.Qorieva talaba- qizlarni inson organizmidagi yosh bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar: sekretsiya bezlarining rivojlanish funksiyasi, hattoki ba’zi tormozlash funksiyalari insonnning normal rivojlanishiga ta’sir etishi va organizmdagi boshqa funksional o‘zgarishlar haqida tushunchalar berdi. Shundan kelib chiqqan holda turmush qurish ham ma’lum yoshni, organizmning fiziologik yetukligini talab etishini yoshlarga uqtirdi.

“Sen juftingni qanday anglading?” mavzusida institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.N.Boboqulova talaba qizlarga ayollar psixologiyasi  va unga to‘g‘ri yondashish haqida fikrlarini aytib, oiladek muqaddas dargohda er-xotin, ayniqsa erkaklar ayollardan nimani kutayotganligini, ko‘proq mehr-muhabbat, e’tibor kutishlari haqida tushunchalar berdi va baxtli oila qurish shartlari va oiladagi inqiroz shakllanishining psixologik tomonlari, bu inqirozni bartaraf qilish yo‘llari haqidagi bilimlarni  slaydlar namoyishi orqali qiziqarli tarzda tushuntirdi. Ayolni, onani asrab-avaylash, e’zozlashdek go‘zal qadriyatlarimiz zamirida ham sog‘lom avlodni dunyoga keltirishdek ezgu maqsad mujassam ekanligi, ana shu maqsadni amalga oshirish yosh onalar, ayollar, o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish ishlariga alohida mas’uliyat bilan yondoshilayotganligi, sog‘lom avlodni dunyoga keltirishning muhim shartlaridan biri nikoh yoshining muvofiqligi haqida gapirdi.

  Davra suhbati ishtirokchilarida erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, ona va bola salomatligini asrash oila barqarorligining asosi ekanligi haqidagi keng qamrovli bilimlar shakllantirildi.Davra suhbati ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga vrachlar va o‘qituvchilar tomonidan to‘laqonli javoblar olishdi. Davra suhbati qiziqarli va ko‘tarinki  kayfiyatda  o‘tdi.