Samarqand davlat arxitektura qurilish institutini “2015/2016 o’quv yilida bitiruvchi talabalarni ishga taqsimlash va joylashtirish to’g’risida”gi 2016 yil 16 aprel kuni o’tkazilgan “Bitiruvchi-2016” uchrashuv tadbiri HISOBOTI

Samarqand davlat arxitektura qurilish institutini “2015/2016 o’quv yilida bitiruvchi talabalarni ishga taqsimlash va joylashtirish to’g’risida”gi 2016 yil 16 aprel kuni o’tkazilgan “Bitiruvchi-2016” uchrashuv tadbiri
HISOBOTI

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
2015/2016 o’quv yilida bitiruvchi yosh mutaxassislarni potensial ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar talab-ehtiyojlari va o’zaro shartnomalarga muvofiq ishga taqsimlash va joylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida, institutimizda “Bitiruvchi-2016” uchrashuv tadbirini o’tkazish har yili an’anaga aylanib ulgurdi.
O’tgan o’quv yilida institutni bitirgan jami 776 nafar bitiruvchilardan 97,1%ining bandligi ta’minlangan bo’lsa, bu yilgi tadbirlar natijasida:

1

 Kasb ta’limi: bino va inshootlar qurilishi

20

15

2

 Kasb ta’limi: tasviriy san’at va muxandislik grafikasi

16

13

3

 Kasb ta’limi: muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji

25

15

4

 Dizayn (turlari bo’yicha)

47

41

5

 Menejment (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha)

26

21

6

 Geodeziya, kartografiya va kadastr (tarmoqlar bo’yicha)

112

55

7

 Arxitektura (turlari bo’yicha)

78

78

8

 Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo’yicha)

119

85

9

 Shaxar qurilishi va xo’jaligi

37

36

10

 Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji

81

64

11

 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chikarish

44

30

12

 Avtomobil yo’llari va aerodromlar

55

35

13

 Ko’chmas mulk ekpertizasi va uni boshqarish

45

31

14

 Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish

41

41

15

 Xizmatlar sohasi

26

15

jami 772 nafar bitiruvchidan 547 nafari, ya’ni 70,8% bitiruvchilar ish beruvchi tashkilotlar bilan shu bugungi tadbirda ishga joylashish shartnomalarini imzoladilar.
Tadbirda Samarqand viloyat «Suvoqova» ishlab chiqarish davlat korxonasi, Samarqand viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, Samarqand viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasi, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi “Samarqandshahargaz” filiali, Samarqand viloyat yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri xizmati davlat korxonasi kabi jami 47 ta tashkilotlardan vakillar ishtirok etishdi.
Institut ma’muriyati tadbirda aktiv ishtirok etgan barcha ish beruvchi tashkilotlar vakillariga, professor-o’qituvchilarga va talabalarga chuqur minnatdorchilik bildiradi.