“Davr ayoli”

2018 yil  17 may  kuni institut kichik faollar zalida institut xotin-qizlar qo‘mitasi  va ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan bo‘limi bilan  hamkorlikda “Davr ayoli” mavzusida  davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida SamDU Ibn Sino “Salomatlik markazi” vrachi H.Qorieva, “Olima ayollar” kengashi raisi S.Sadikova,  institut “Salomatlik markazi” vrachi N.Sultonova va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Davra  suhbatini institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Boboqulova ochib berib, davra suhbatini asosiy maqsadi haqida gapirar ekan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF 5325-sonli farmoni ijrosi to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2018 yil 8 fevraldagi 135-sonli buyrug‘i asosida institut xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bugungi kunning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Davra suhbati davomida SamDU Ibn Sino “Salomatlik markazi” vrachi H.Qorieva, “Olima ayollar” kengashi raisi S.Sadikova,  institut “Salomatlik markazi” vrachi N.Sultonovalar so‘zga chiqishib, talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tashkil etish,  institut xotin-qizlarini erishayotgan yutuqlari, mavjud muammolar va ularning echimlari to‘g‘risida fikr yuritishdi.
Davra suhbati yakunida talaba-qizlar mutaxassislarga o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi hamda atroflicha javob olishdi.