“FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRASIYASIDA OLIMALARNING O’RNI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI TAFSILOTLARI
“FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRASIYASIDA OLIMALARNING O’RNI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI TAFSILOTLARI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 20 yanvardagi 33-f sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik konferensiyalar rejasi"ga asosan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutda “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasida olimalarning o’rni” mavzusida vazirlik miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
Institutimizda o’tkazilgan «Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasida olimalarning o’rni» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, o’zaro do’stlik va xurmat aloqalarini rivojlantirish, fikr-mulohaza va tajriba almashishlar uchun sharoit yaratib berish, fan-texnika taraqqiyoti yo’lida birlashtirish hamda ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchilarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishga qaratilgan tadbir hisoblanadi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bo’lib o’tgan «Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasida olimalarning o’rni» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassalaridan hisoblangan Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qarshi muhandislik instituti, Guliston davlat universiteti, Jizzax politexnika instituti kabi ko’plab o’quv yurtlaridan olimlar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar hamda iqtidorli talabalar o’zlarining 300 dan ortiq maqolalari bilan ishtirok etishdi. Ularning ilmiy-tadqiqot ishlari sho’ba yig’ilishlarida muhokama qilindi va ular asosida tegishli taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.